Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi 7-chaqiriq 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-02-12 10:05:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi 7-chaqiriq 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Tuman hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining navbatdagi 7-chaqiriq 20-sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya kun tartibida 2026-yilda “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahallalarni rivojlantirish, og‘ir toifadagi mahallalarni kompleks qo‘llab-quvvatlash dasturlarini tasdiqlash, mahalliy byudjetga ajratilgan erkin qoldiq mablag‘larni sarflash, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish dasturini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B. Alimov axborot berdi.
Muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.


