Muhim vazifalar muhokama qilindi
2026-03-16 15:20:00 / Yangiliklar

Muhim vazifalar muhokama qilindi
Bugun Ellikqal’a tumani hokimligining katta majlislar zalida tuman hokimi V.B.Niyazimbetov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla raislari, mahalla yoshlar yetakchilari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda joriy yil 13-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Tadbir davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish hamda fuqarolar qabullarini tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, rahbarlarga biriktirilgan yoshlar va o‘smir qizlar bilan tizimli ishlash, grant loyihalarida faol ishtirok etish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hamda boshqa ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.





