Bolajonning huquqlari tiklandi!
2026-03-14 15:00:00 / Yangiliklar

Bolajonning huquqlari tiklandi!
Ellikqal’a tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan Sharq yulduzi ovulida istiqomat qiluvchi 7 yoshli Valiyeva Oybarchin Ergash qizi haqidagi huquqiy masala hal etildi.
Oybarchin 2019-yil 19-fevralda Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan bo‘lib, ayrim sabablarga ko‘ra tug‘ilganlik haqida guvohnomasi rasmiylashtirilmagan edi. Markaz xodimlari tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur hujjatlarni to‘plab, tuman adliya bo‘limiga taqdim etdi va bolajonning tug‘ilganligi rasman qayd etildi.
Hozirgi vaqtda Oybarchinga vasiy tayinlash va uning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish ishlari davom etmoqda.
