Ellikqal’a 1-sonli sport maktabi – yoshlarimizning yangi yutuqlari
2026-03-12 15:00:00 / Yangiliklar

Ellikqal’a 1-sonli sport maktabi – yoshlarimizning yangi yutuqlari
Ellikqal’a tumani 1-sonli sport maktabi tarbiyalanuvchilari joriy yilning fevral oyi va mart oyining dastlabki kunlarida respublika va xalqaro musobaqalarda faol qatnashib, ajoyib natijalarni qo‘lga kiritdi.
7–12-fevral kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Qo‘l jangi” sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida sportchilarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 10 ta medalni qo‘lga kiritdilar.
5–8-fevral kunlari Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan “O‘zbek jang san’ati” chempionatida esa tarbiyalanuvchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 7 ta medalga sazovor bo‘ldi.
4–7-fevral kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida sportchilarimiz 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 13–15-mart kunlari Buxoro viloyatida o‘tkazilgan “NAVRO‘Z OPEN – 2026” xalqaro karate turnirida Ellikqal’a 1-sonli sport maktabining 8 nafar karatechisi ishtirok etib, o‘z mahoratini namoyish etdi. Musobaqada Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 800 dan ortiq sportchi qatnashdi.
Ta’kidlash lozimki, bu yutuqlar 1-sonli sport maktabida yosh sportchilar bilan olib borilayotgan samarali ishlarning natijasi ekanini yaqqol ko‘rsatadi.
