Yoshlar bilan ochiq muloqot – yangi imkoniyatlar sari
2026-03-12 15:10:00 / Yangiliklar

#Yoshlar_kuni
Yoshlar bilan ochiq muloqot – yangi imkoniyatlar sari
Joriy yilning 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ochiq muloqoti mamlakatimizda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur uchrashuvda har haftaning payshanba kunini vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.
Ellikqal’a tumanida ham “Yoshlar kuni” doirasida qator uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Jumladan, “Cho‘pon” MFY hududidagi 74-sonli umumta’lim maktabida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida tuman hokimi maktabdagi sinf xonalari, xususan kompyuter xonalari faoliyati bilan tanishib, yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi.
Shundan so‘ng tuman hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning murojaatlarini tingladi. Asosan bandlik, kontrakt to‘lovlari va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlarni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bunday ochiq va samimiy muloqotlar yoshlarning muammolarini joyida hal etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.



