Ellikqal’a tumanida “Yoshlar kuni” doirasida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi
2026-03-06 11:25:00 / Yangiliklar

Ellikqal’a tumanida “Yoshlar kuni” doirasida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi
Davlatimiz rahbarining joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi munosabati bilan Ellikqal’a tumani Ichki ishlar bo‘limida yoshlar bilan uchrashuv hamda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar Ichki ishlar bo‘limi faoliyati, xizmat jarayonlari hamda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga huquq-tartibotni ta’minlash yo‘lidagi mas’uliyatli vazifalar, yoshlarning qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalanishi hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalari haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.





