“Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-03-04 11:10:00 / Yangiliklar

“Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Ellikqal’a tumanidagi 61-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Turon maktab teatri” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi. Unda tumandagi maktablardan jami 18 ta jamoa ishtirok etib, sahna asarlari orqali o‘zlarining ijodiy salohiyati va aktyorlik mahoratini namoyon etdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin – 69-son maktabning “Moziy sadosi” jamoasi
2-o‘rin – 68- va 8-son maktablarning “Turon yoshlari” jamoasi
3-o‘rin – 13-, 29-, 61- va 47-son maktab jamoalariga nasib qildi.
G‘olib jamoalar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Tanlovda qatnashgan barcha jamoalarga ijodiy muvaffaqiyatlar va omad tilaymiz!



