Ellikqal’ada davlat tili talablari ijrosi yuzasidan amaliy monitoring o‘tkazildi
2026-02-25 08:00:00 / Yangiliklar

Ellikqal’ada davlat tili talablari ijrosi yuzasidan amaliy monitoring o‘tkazildi
Bugun Ellikqal’a tumanidagi tijorat banklarida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun hujjatlariga amal qilinishi, tashqi va ichki yozuvlar, reklama va peshlavhalarning qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan ishchi guruh tomonidan monitoring o‘tkazildi. Jarayon davomida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
Monitoring tadbirlarida tuman hokimi o‘rinbosari O.Atadjanov, tuman hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi U. Saburov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari A. Matniyazova, Ellikqal’a mahalliy televideniyesi rahbari G. Radjapova hamda tuman hokimligi axborot xizmati rahbari T. Nurimova иштирок etdi.
O‘rganish davomida davlat tilining nufuzini yanada oshirish, yozuvlarda imlo va uslubiy me’yorlarga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ishchi xodimlarga Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor vazifalar hamda mamlakatimiz taraqqiyot istiqbollari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Murojaatnoma xalqimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini belgilovchi muhim siyosiy-huquqiy hujjat ekani alohida qayd etildi.
Monitoring yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.




