Ellikqal’ada marosimlarni tartibli va me’yoriy o‘tkazish targ‘ib qilindi.
2026-02-23 10:10:00 / Yangiliklar

Ellikqal’ada marosimlarni tartibli va me’yoriy o‘tkazish targ‘ib qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi majlislar zalida maromiylikni ta’minlash, dabdabali to‘ylarni ixcham va milliy an’analarga mos tarzda o‘tkazish, shuningdek, Ramazon oyini ma’rifat va ezgulik ruhida o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Nuroniylar jamg‘armasi Ellikqal’a tuman bo‘limi boshlig‘i F. Ibadullayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ellikqal’a tuman bo‘linmasi rahbari A. Matniyazova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi E. Allabergenov, tuman bosh imom-xatibi I. Atajanov, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdi.
Uchrashuvda marosimlarni me’yorida va tartibli o‘tkazish, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, milliy va diniy qadriyatlarni asrab-avaylash muhimligi ta’kidlandi.
