Ellikqal’a tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
2026-02-17 15:15:00 / Yangiliklar

Ellikqal’a tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Nurazizov Ellikqal’a tumanida bo‘lib, tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanishi va bo‘limlardagi mavjud holatlar atroflicha o‘rganildi.
Davolanayotgan bemorlar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, bolalar bo‘limida davolanayotgan kichkintoylarga sovg‘alar topshirilib, ularning holidan xabar olindi.
Bundan so‘ng, Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari tuman hokimligi majlislar zalida nuroniylar bilan uchrashib, yaqindan muloqot qildi.
Unda dastlab, bugungi kunda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar ta’kidlab aytib o‘tildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tumanni kompleks rivojlantirish, ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalar, aholi bandligi va farovonligini oshirish, hayotiy muammolarga yechim topish masalalari muhokama qilindi.
Nuroniylar tomonidan bildirilgan har bir taklif va tashabbuslar belgilab olinib, ularni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.





