“Salomatlik marafoni” – aholi salomatligi yo‘lida
2026-02-18 20:10:00 / Yangiliklar

“Salomatlik marafoni” – aholi salomatligi yo‘lida
Kecha Ellikqal’a tumani Tibbiyot birlashmasidan malakali shifokorlardan iborat guruh tumanning eng olis hududlaridan biri — Chuqurqoq mahallasida bo‘lib, “Salomatlik marafoni” doirasida mahalla aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
Tadbir davomida aholi terapevt, pediatr, kardiolog hamda boshqa mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilib, zarur laborator tekshiruvlar amalga oshirildi. Shuningdek, surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolarga maslahatlar berilib, davolanish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.
Ayniqsa, yoshi ulug‘lar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda doimiy tibbiy nazoratga muhtoj bemorlar holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ko‘rik jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolar tegishli tibbiyot muassasalariga yo‘naltirildi.
Bunday sayyor tibbiy xizmatlar olis hududlarda yashovchi aholi uchun qulaylik yaratib, ularning salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.



