“Salomatlik marafoni” jarayonlari va tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi
2026-02-14 14:25:00 / Yangiliklar

“Salomatlik marafoni” jarayonlari va tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi
Bugun V.B.Niyazimbetov Ellikqal’a tumani tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, “Salomatlik marafoni” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati bilan tanishdi.
Tashrif davomida tibbiy xizmatlar sifati, ayniqsa tug‘ruq bo‘limida ayollarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish holati atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini kuchaytirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash, skrining tekshiruvlarini samarali tashkil etish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish hamda sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi tomonidan marafon doirasida tibbiy ko‘riklar qamrovini kengaytirish, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda surunkali kasalligi bor fuqarolarni to‘liq qamrab olish zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganishlar yakunida tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda marafon tadbirlarini yuqori saviyada davom ettirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
“Salomatlik marafoni” aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirishga xizmat qilmoqda.






