Yoshlar bilan ochiq muloqot – amaliy natijalarga yo‘naltirilgan uchrashuv
2026-01-27 11:10:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan ochiq muloqot – amaliy natijalarga yo‘naltirilgan uchrashuv
Hurmatli Prezidentimiz tashabbusi bilan hokimliklar, huquq-tartibot va mudofaa organlariga yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etilgan edi..
Mazkur tizim doirasida Ellikqal’a tumani hokimi V.Niyazimbetovga 23 nafar yosh otaliqqa biriktirilgan bo‘lib, bugun tuman hokimi tomonidan o‘ziga biriktirilgan otaliqqa olingan yoshlar bilan tuman Adliya bo‘limida yakka tartibdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan suhbatda yoshlar o‘z murojaatlari, muammolari, shuningdek, fikr va takliflari bilan ishtirok etdi. Bildirilgan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Ushbu uchrashuv yoshlar bilan yagona yondashuv asosida individual ishlarni tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga qaratildi.




