Ellikqal’a tumanidagi 1-sonli bolalar sport maktabida ochiq muloqot o‘tkazildi.
2025-12-29 11:25:00 / Yangiliklar

Ellikqal’a tumanidagi 1-sonli bolalar sport maktabida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Kuni kecha Ellikqal’a tumanidagi 1-sonli bolalar sport maktabida joriy yil davomida yutuqlarga erishgan sportchi yoshlar hamda bir qator ustoz-murabbiylar ishtirokida, tuman hokimligi axborot xizmati media-rejasiga muvofiq ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida sport maktabi sportchilari tomonidan erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar muhokama qilindi. Shuningdek, sportchi yoshlarimizning muammo va istaklari ham tinglanib, ularning yechimi maktab rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtidorini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
