Texnikumlar faoliyati – amaliy nazoratda...
2025-12-20 12:05:00 / Yangiliklar

Texnikumlar faoliyati – amaliy nazoratda...
Bugun Ellikqal’a tumani hokimi V.B.Niyazimbetov tomonidan tumandagi texnikumlar faoliyati tegishli mas’ullar ishtirokida o‘rganildi.
Tashrif davomida ta’lim jarayonining sifati, moddiy-texnik ta’minoti, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, qish mavsumini betalofot o‘tkazish va isitish tizimlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishlar yakuniga ko‘ra mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
