Ijtimoiy xodimlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda
2025-12-19 12:00:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy xodimlar faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda
Ellikqal’a tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, ularning ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mahallalarda xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur maqsad yo‘lida kuni kecha Ellikqal’a tumani hokimligida tuman hokimi V.B.Niyazimbetov tomonidan mahallalarda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimlarga 15 ta zamonaviy kompyuter jamlanmasi topshirildi. Ushbu tashabbus ijtimoiy xodimlarning ish samaradorligini oshirish, aholi bilan ishlash jarayonlarini raqamlashtirish hamda murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqish imkonini beradi.
