Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash amalda...
2025-12-18 13:05:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash amalda...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PQ-103-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-apreldagi 239-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tumanidan “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan bir guruh xotin-qizlar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskaniga yuborildi.
Mazkur tashabbus xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, ularning ruhiy holatini yaxshilash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Yurtimizda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik amaliy ishlar orqali o‘z ifodasini topmoqda.
