"Sport- sog‘lom hayot garovidir."
2025-12-16 12:45:00 / Yangiliklar

"Sport- sog‘lom hayot garovidir."
Sport musobaqalari yoshlar hayotida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni zararli illatlardan yiroq bo‘lishga undash, sport orqali do‘stlik va hamjihatlik tuyg‘ularini kuchaytirish, shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va jismoniy hamda ma’naviy barkamollikka erishishlariga ko‘maklashadi.
Bugun, Ellikqal’a tuman prokurori tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sportga jalb qilish borasida tashkil qilingan sportning kurash sport turi bo‘yicha "Prokuror kubogi" musobaqasi xam shu kabi ezgu maqsadlarni o‘zida mujassamlagan.
Qizg‘in va murosasiz kurashlardan iborat bo‘lgan musobaqada g‘olib bo‘lgan yoshlar tuman prokurori tomonidan sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.
