Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulayliklar bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
2025-12-11 17:25:00 / Yangiliklar

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulayliklar bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Ellikqal’a tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 247-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Tadbirda tegishli tashkilotlar mas’ullari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan soliq xodimlari, hokim yordamchilari, bank mutaxassislari hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ajiniyaz Seytaxov ishtirok etdi.
Seminarga tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Bobur Alimov rahbarlik qildi.
Seminarda qarorda belgilangan vazifalar doirasida tuman hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga “Xolis Paynet” integratsiyalashgan raqamli platformasining afzalliklari, undan foydalanish tartibi va to‘lovlarni amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholiga mazkur platforma imkoniyatlarini targ‘ib qilish va tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilab olindi.
