“Aholi bilan bevosita muloqot: Ellikqal'a tumanida navbatdagi sayyor qabul bo’lib o’tdi”
2025-12-12 10:30:00 / Yangiliklar

“Aholi bilan bevosita muloqot: Ellikqal'a tumanida navbatdagi sayyor qabul bo’lib o’tdi”
Joylarda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeev ishtirokida Ellikqal'a tumani “Sarabiy” OFY da navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari, uy-joy, bandlik, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar hamda boshqa turdagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning har bir murojaati alohida o‘rganilib, tegishli mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan ijro mexanizmlari belgilandi.
Bunday uchrashuvlar aholining dolzarb masalalarini bevosita joyida eshitish, ularning muammolariga tezkor va tizimli yechim topish imkonini bermoqda. Ochiq muloqotlar natijasida aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ochiq muloqot va samarali hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
