Ellikqal’a tumanida kuz–qish mavsumida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
2025-11-26 14:05:00 / Yangiliklar

Ellikqal’a tumanida kuz–qish mavsumida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Ellikqal’a tumanining Ellikqal’a ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Bo‘ston-18” fermer xo‘jaligida 2026-yil hosili uchun ekilgan boshoqli don ekinlari maydonlarida kuz–qish mavsumida bajarilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Ellikqal’a tumani hokimi V.Niyazimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Sh.Teshaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fermerlar kengashi raisi I. Yunusov shuningdek soha vakillari, tegishli tashkilot rahbarlari, MMTPlar raislari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda boshoqli don ekinlarining holati o‘rganilib, mavsumiy agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislarning tavsiyalari berildi.
