Ellikqal’a tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, 30 yillik tajribaga ega Xurma Jalimbetova tomonidan “Qoraqalpoq folkloridagi salt-dastur qo‘shiqlari" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
2025-11-23 10:30:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Ellikqal’a tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, 30 yillik tajribaga ega Xurma Jalimbetova tomonidan “Qoraqalpoq folkloridagi salt-dastur qo‘shiqlari" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars jarayonida o‘qituvchi salt-dastur jirlari — qoraqalpoq xalqining qadimiy marosim qo‘shiqlari, ularning mazmuni va tarixiy ahamiyati haqida boy ko‘rgazmali vositalar orqali batafsil ma’lumot berdi.
O‘quvchilar tayyorlagan ko‘rgazmalar, tasviriy materiallar va amaliy misollar darsning yanada mazmunli o‘tishiga xizmat qildi hamda milliy folklorga qiziqishni oshirdi.
Ochiq darsni maktab direktori hamda soha o‘qituvchilari kuzatib, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini yuqori baholadilar.
Ushbu mazmunli dars o‘quvchilarda milliy merosga hurmat, xalq og‘zaki ijodiga mehr va qiziqishni yanada mustahkamladi.
Ellikqal’a tuman hokimligi axborot xizmati



