Ellikqal’a tumanida turizm brendini rivojlantirish yo‘lida hamkorlik bosqichi...
2025-11-13 10:55:00 / Yangiliklar

Ellikqal’a tumanida turizm brendini rivojlantirish yo‘lida hamkorlik bosqichi...
Ellikqal’a tumanida turizm salohiyatini oshirish, yoshlarda sohaga qiziqish uyg‘otish va mahalliy turizm brendini rivojlantirish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori-o‘qituvchilari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazildi.
Tumandagi 22-, 66-umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda ixtisoslashgan maktablarda bo‘lib o‘tgan seminar-treningda TDIU Turizm fakulteti o‘qituvchilari, maktab ma’muriyati va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tuman turizm salohiyati, arxeologik obyektlar, madaniy meros, ekoturizm yo‘nalishlari va sohaga oid islohotlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarga turizm sohasidagi imkoniyatlar, xizmat ko‘rsatish madaniyati va hududiy brend yaratishning ahamiyati haqida tushunchalar taqdim etildi.
Tadbir yakunida ikki muassasa o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar uchun motivatsion uchrashuvlar tashkil etish va Ellikqal’a tumanining turizm brendini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
