Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi
2025-02-20 17:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Mazkur kurs davomida ishtirokchilar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijro intizomi nazorati va monitoringi tizimini mustahkamlash hamda ish yuritish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ijro intizomini oshirishga oid qonunchilik hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev tomonidan topshirildi. Sh. Daliyev tadbir ishtirokchilariga hujjatlar bilan ishlashning asosiy tamoyillari va ilg‘or metodlari, tajriba almashish hamda ilg‘or amaliyotlarni ommalashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi.