Yoshlar bandligini ta’minlash – ustuvor vazifa
2025-02-19 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Davlat rahbari raisligida 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan mutasaddi vazirlik idoralar bilan hamkorlikda “Yoshlar bandligi dasturlari” tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlgi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda tasdiqlangan “Yoshlar bandligi dasturi”ga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarini bitirgan 142 ming 184 nafar, kasbiy ta'lim muassasalarini tamomlagan 147 ming 361 nafar yoshlarning kelgusida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishi, hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashilmoqda.