Tasavvuf ilmining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rnini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilishga qaratilgan xalqaro seminar tashkil etildi
2025-02-01 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Seminar davomida ishtirokchilarga “Shayx San’on” qissasi taqdim etildi. Tadbirda tasavvufning inson ruhiyati va mo‘tadillikni shakllantirishdagi ahamiyati, uning falsafiy-psixologik jihatlari atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur anjuman tasavvuf ilmini yoshlar ongida to‘g‘ri shakllantirish, milliy va ilmiy merosimizni chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Shu bilan birga, seminar Toshkent shahridagi akademik litseylar uchun offlayn, viloyatlardagi akademik litseylar uchun esa onlayn shaklda o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent shahrida joylashgan akademik litseylarning ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilari ishtirok etib, tasavvufiy ta’limning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.