Kasbiy taʼlim muassasalari uchun oʻquv qoʻllanmalarni yaratish boʻyicha tanlov e’lon qilinadi
2025-01-25 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan mualliflar (yoki mualliflar jamoasi) tomonidan quyidagi hujjatlardan iborat takliflar tanlov komissiyasiga taqdim etiladi:
☑️ishtirok etish uchun buyurtmanoma;
☑️qatnashchining soʻrovnomasi;
☑️oʻquv adabiyoti konsepsiyasi;
☑️oʻquv adabiyotining reja-prospekti;
☑️bitta bobning namuna matni.
Takliflar joriy yil 10-fevral kuniga qadar k.mavlyanov@edu.uz elektron manziliga yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga asl nusxada, A4 konvertga solib, jildida taʼlim muassasasi nomi, mualliflar F.I.Sh., telefon raqami yozilgan holda taqdim etishish soʻraladi.
Aloqa uchun:
☎️ +998555200808 (148),
📱 +998973443465
➡️Oʻquv qoʻllanmani yaratishga qoʻyiladigan talablar
➡️Kasbiy taʼlim muassasalari uchun 2025-yilda yaratilishi rejalashtirilgan oʻquv adabiyotlar roʻyxati