Buxoroda texnikum va ish beruvchi korxonalar o‘rtasida dual ta’lim asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi
2025-01-24 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda jami 400 nafardan ortiq ishtirokchilar, jumladan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “AVESTOS” GmbH kompaniyasi delegatsiyasi, Buxoro viloyati hokimligi, Professional ta’limni rivojlantirish instituti, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari boshqarma boshliqlari va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimliklari va 180 nafar ish beruvchi yirik korxona vakillari qatnashdi.
Anjumanda kasbiy ta’lim tizimida xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish, ichki va tashqi mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash, ish beruvchi tashkilotlar bilan birgalikda dual ta’lim shaklini keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, forum doirasida Buxoro viloyati texnikumlari hamda ish beruvchi korxonalari o‘rtasida dual ta’limni tashkil etish va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalari imzolandi.