Xalqaro anjuman
2025-01-21 14:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Tadbirda EURAS Prezidenti Prof. Dr. Mustafa Aydin, EURAS strategik hamkori “E-Quadrat” kompaniyasining maslahatchisi Prof. Dr. Olgun Çiçek hamda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar o‘z kirish so‘zlari bilan ishtirokchilarni qutlab, xalqaro ta’lim aloqalarini rivojlantirish, tadqiqotlarda global hamkorlikni kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirishdagi muhim jihatlarni ta’kidladilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi rahbari Sharof Rajabboyev va Transport vazirligi vakili Shavkat Zaynutdinov o‘z nutqlarida ta’lim tizimidagi xalqarolashtirish jarayonlariga katta e’tibor qaratish zarurligini qayd etdilar.
Seminarda bevosita 20 dan ortiq, shuningdek, respublika hududlaridan 50 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari rektor va mas’ul vakillari masofaviy shaklda ishtirok etib, o‘z tajribalari bilan boʻlishdi. Tadbir xalqaro ta’lim hamkorliklarini mustahkamlash, yangi tashabbuslar va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish uchun samarali platforma bo‘ldi.
Sessiyalarda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
1. Yevroosiyo va Yaqin Sharq mintaqasida oliy ta’lim bo‘yicha hamkorlik va strategiyalarni ishlab chiqish.
2. Talabalar va akademik xodimlarning harakatchanligini oshirish.
3. Akkreditatsiya jarayonlarini takomillashtirish va ta’lim sifatini yuksaltirish.
4. Tadbirkorlik va startap ekotizimlarini qo‘llab-quvvatlash.