Jizzaxda muhandis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi qay holatda?
2025-01-15 21:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Mas’ullar tomonidan berilgan axborotga ko‘ra, institutda “Yashil energetika muhandisligi” hamda “Mexatronika va robototexnika” oliy muhandislik maktablari tashkil etilmoqda. Muhandislik maktablarining umumiy qiymati taxminan 8 mlrd so‘mni, binosining umumiy maydoni 2 000 m.kv. ni tashkil etadi.
“BYD Uzbekistan Factory” QK, “Basalt Uzbekistan”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax Magistral elektr tarmoqlari filiali, “Jizzakh textile” MCHJ asosiy sanoat hamkorlari sifatida belgilangan bo‘lib, bir qator korxonalar, jumladan, “O‘zbekneftgaz” AJ, “Huaxin Cement Jizzakh” MCHJ, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Knauf” MCHJ hamda “Jizzax plastmassa” AJ kabi korxonalari bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur maktabga 2025/2026-o‘quv yilida 14 nafar magistr qabul qilish, 8 nafar o‘qituvchini stajirovkaga yuborish, 4 nafar professor-o‘qituvchi hamda mutaxassislarni jalb qilish reja qilingan.
Muhandislik maktabi Mexatronika va robototexnika markazi, CAD/CAE o‘quv zali, “Masters center” maxsus xonasi hamda ishlab chiqarish maydonini o‘z ichiga oladi.
Maktab uchun jihozlar Xitoy, Rossiya, Germaniya va Yaponiya kabi bir qator rivojlangan mamlakatlardan olib kelinadi.
Vazir Q.Sharipov ushbu ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.