Vazir o‘rinbosari yangidan bo‘y tiklayotgan yotoqxonadagi qurilishlar bilan tanishdi
2025-01-15 21:10:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filialiga tashrif buyurdi. Vazir o‘rinbosari ayni paytda qurilishi davom etayotgan yotoqxonadagi qurilish ishlari bilan tanishdi.
Filial direktori R.Oteniyazov vazir o‘rinbosarini qurilish jarayonlari bilan tanishtirish barobarida, kutilayotgan natijalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida bo‘y tiklayotgan mazkur talabalar turar joyi 400 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, jami loyiha qiymati 26,2 mlrd so‘mni tashkil etadi. Shu asosda tadbirkorning o‘z xarajatlari hisobidan 12,5 milliard so‘m, davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya xarajatlari hisobidan 13,2 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Ayni paytda qish-qirovli kunlar davom etayotganiga qaramasdan, inshootni tezroq foydalanishga topshirish maqsadida qurilish ishlari davom ettirilmoqda.