Vazir o‘rinbosari Nukusda 400 o‘rinli yotoqxona qurilishini ko‘zdan kechirdi
2025-01-15 20:55:00 / Vazirlik yangiliklari
15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy xizmat safari davomida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan, 400 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy bino 6-qavatdan iborat bo‘lib, yotoqxonada 2 ta lift, ma’naviyat xonasi, dam olish va gigiyena xonalari, barcha zamonaviy qulayliklarga ega oshxona, wifi zona hamda kompyuter xonalar mavjud bo‘lishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida S.Buzrukxonov turar joy qurilishi davomida talabalar uchun qulay sharoitlarni koʻpaytirish, issiqlik va elektr energiyasini uzliksizligini ta’minlash, obyektlarning talabalar uchun qulay bo‘lishi hamda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.