Sarhisob
2025-01-15 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari
OTM lar ilmiy salohiyati 45 % ga yetkazildi
2024-yilda O‘zbekiston olimlari tomonidan "Scopus" va “Web of Science” platformasida chop etilgan ilmiy maqolalar soni 10318 taga yetdi.
“Xirsh” indeksi va undan yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilar soni 422 nafar
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga qabul kvotalari soni 5 250 taga oshirildi
NATIJADA
Ilmiy izlanuvchilar soni – 22 905 nafarni tashkil etmoqda
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan jami 719 ta ilmiy loyihaga 356 mlrd so‘m yo‘naltirildi.
14 ta ilmiy tadqiqot institutlari 61 turdagi 73,61 mlrd so‘mlik zamonaviy ilmiy laboratoriya asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
“InnoWeek.Uz-2024” doirasida 22 ta tadbir, 2 ta musobaqa o‘tkazildi
“Innoweek.uz-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida tashkil etilgan “Tijoratlashtirish forumi” va xalqaro innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasida 512 ta mahalliy tashkilotlarning innovatsion mahsulotlari namoyish etilib, umumiy qiymati 94,9 mlrd so‘mlik jami 84 ta mahalliy shartnomalar, xorijiy korxonalar bilan umumiy qiymati 23,3 mln dollarlik jami 20 ta eksport shartnomalari imzolangan.
Global innovatsion indeks-2024 (GII)
O‘zbekiston 133 ta mamlakat orasida 83-o‘rinni egalladi
(Bu 2015-yilga nisbatan 39 pog‘ona yuqori)
Hududlarda 10 ta innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari tashkil etilib, ularning umumiy soni 55 taga yetkazildi.
Innovatsion tadbirkorlik natijasida 4733 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, mazkur ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 52,5 foizga o‘sdi.
2024-yil 71 ta startap loyihalari 30,3 mlrd so‘m miqdorida moliyalashtirildi.
2024-yilda jami 360 nafar yosh olimlar xorijiy ilmiy tashkilotlarga ilmiy stajirovkaga yuborildi hamda mazkur maqsad uchun 24,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi startap, ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi