"Kelajak muhandisi" xalqaro olimpiadasi oʻtkazildi
2025-01-10 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Ishtirokchilar oʻzlarining yorqin loyihalari bilan qatnashdilar. Yosh arxitektorlar tomonidan qogʻozdan yaratilgan arxitektura maketlari ogʻirlik bilan sinovdan oʻtkazildi. Kelajak muhandislari sunʼiy intellektdan foydalangan holda murakkab qurilish konstruksiyasini loyihaladi va maketini bunyod qildi. Boʻlajak kompyuter mutaxassislari murakkab IT-vazifalarni bajardilar hamda skriptlar va ilovalar yaratdilar.
Ishtirokchilarning ijodiy ishlanmalari koreyalik professor va yetakchi mutaxassislardan tashkil topgan hakamlar hayʼati tomonidan baholandi. Gʻolib boʻlgan 28 nafar oʻquvchilarga Toshkent shahridagi Adju universitetiga imtiyozli shartnoma asosida kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinganliklari toʻgʻrisidagi sertifikatlar topshirildi.