Asosiy kontentga o'tish

6-dekabr kuni Toshkent davlat texnika universitetining huzuridagi Oʻzbekiston-Yaponiya Yoshlar innovatsion markazida ERASMUS+Milliy axborot kuni boʻlib oʻtdi.

2024-12-06 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shoxruh Daliyev, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro aloqalar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi. Milliy axborot kuni Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Oʻzbekiston xalqaro hamkorlikning turli yoʻnalishlarda faol qadamlar tashlayotgani, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar ana shunday yoʻnalishlardan biri ekanligini qayd etishib, “Erasmus+” va “Horizon Europe” dasturlari doirasida amalga oshirib kelinayotgan loyihalar, birgalikda olib boirlayotgan ishlarga to‘xtalishdi.

Shuningdek, yosh tadqiqotchilarning innovatsion-ilmiy loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tanlovlarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot berildi (Capacity Building in Higher Education – CBHE, International Credit Mobility – ICM, Erasmus Mundus Joint Masters – EMJM, Erasmus Mundus Design Measures – EMDM, Jean Monnet Actions, Maria-Sklodowska Curie Actions).

Tajribasi kam bo‘lgan yoki “Erasmus+” loyihalarida qatnashmagan universitetlarga loyihalarni rivojlantirishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.

519

Oxirgi yangilanish: 2024-12-10 11:32:54

6-dekabr kuni Toshkent davlat texnika universitetining huzuridagi Oʻzbekiston-Yaponiya Yoshlar innovatsion markazida ERASMUS+Milliy axborot kuni boʻlib oʻtdi.