Davlat rahbari hamda hukumat topshiriqlari ijrosi holatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
2024-11-19 11:05:00 / Vazirlik yangiliklari
19-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shoxruh Daliyev, Vazirlar Mahkamasi mas’ullari Diyorbek Qo‘chqorov, Inayatillo Neʼmatov va vazirlik jamoasi ishtirokida “Ijro.gov.uz” elektron tizimida davlat rahbari hamda hukumatning yil yakuniga qadar mavjud topshiriqlari ijrosi holatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Dastlab bugungi kunda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmat va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘yicha davlat dasturi, davlat rahbari hamda hukumat topshiriqlarida vazirlik hamda tizim tashkilotlariga yuklatilgan topshiriqlar ijrosi atroflicha tanqidiy tahlil qilinib, bu borada yil yakuniga qadar belgilangan vazifalarni barvaqt amalga oshirish hamda kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi.
Vazirlar Mahkamasi mas’ullari belgilangan vazifalarning samarali ijro etilishi hamda ijro intizomini yanada mustahkamlash borasida o‘z tavsiyalari va tegishli topshiriqlarni berdilar.