Vazir A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda ishtirok etdi
2024-11-15 17:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maxsus maslahatchisi Andreas Shlyayxer, YUNESKO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakili Regina Maria Kastillo ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar inson kapitalini rivojlantirish hamda ta’lim taraqqiyotning asosi va ta’lim tizimining yuragi o‘qituvchilar ekanligiga katta urg‘u berishdi.
Konferensiya davomida “Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishning innovatsion yondashuvlari, XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta’limda globallashuvni ta’minlash, raqamli transformatsiya va sun’iy intellektga asoslangan ta’limning tendensiyalari, inklyuziv ta’limda zamonaviy tadqiqot va loyihalar, shuningdek yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish, o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari kabi mavzularda sho‘balarga bo‘lingan holda muhokamalar bo‘lib o‘tdi.