E’lon
2024-11-12 12:15:00 / E'lonlar
Shu munosabat bilan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi BTEC dasturlarini joriy etish bo‘yicha xorijiy tashkilotlarni hamkorlik qilishga taklif etadi.
Xizmatlar tavsifi
Hamkorlik doirasida quyidagi xizmatlarni amalga oshirish so‘raladi:
1. Quyidagi kvalifikatsiyalar bo‘yicha BTEC standartlariga mos ta’lim dasturlarini taqdim etish:
1. Avtomobil texnologiyasi
2. Axborot texnologiyalari
3. Kiyim ishlab chiqarish texnologiyasi
4. Qishloq xo‘jaligi
5. Qurilish muhandisligi
6. Logistika operatsiyalari
7. Mehmonxona biznesi (umumiy ovqatlanish xizmatlari)
8. Biznes
9. Sayohat va turizm
10. Elektrotexnika va elektronika muhandisligi
11. Ishlab chiqarish muhandisligi
12. Raqamli muhandislik
2. Ta’lim dasturlardan kelib chiqib o‘quv adabiyotlarini taqdim etish:
- Litsenziya talablari asosida har bir kvalifikatsiya bo‘yicha zaruriy darsliklar va o‘quv materiallarini yetkazib berish.
3. Pedagog kadrlar malakasini oshirish va sertifikatlash:
- O‘qituvchilar uchun treninglar tashkil etish, ularning malakasini oshirish va BTEC standartlariga muvofiq sertifikatlash.
4. Kasbiy ta’lim tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish:
- BTEC dasturlarini joriy etish uchun kasbiy ta’lim muassasalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida huquqiy va tashkiliy yordam ko‘rsatish.
5. Bitiruvchilarga BTEC sertifikat/diplomlarini berish:
- Dasturlarni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilarga xalqaro darajada (kamida 40 ta davlatda) tan olingan BTEC sertifikatlari va diplomlarini topshirish.
Hamkorlik shartlari
- Loyihaning amalga oshirish muddati: 2025-y.
- Moliyaviy shartlar: Xizmatlar uchun to‘lovlar va ularning shartlari alohida kelishuv asosida belgilanadi.
- Majburiyatlar:
- Tashkilot tomonidan shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish.
- BTEC standartlariga to‘liq rioya qilish.
- O‘qituvchilar va o‘quvchilarning malakasini oshirishga doimiy e’tibor qaratish.
- Kafolatlar:
- Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha kafolatlar.
- Bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlash va ularni mahalliy va xorijiy davlatlarda ish bilan ta’minlanishida ko‘maklashish.
Moliyaviy taklif
Sizdan yuqoridagi xizmatlarni amalga oshirish bo‘yicha tijorat taklifingizni 2024-yil 25-noyabr kuniga qadar (shu kuni ham) quyidagi tartibda taqdim etishingizni so‘raymiz:
- Taklif tarkibi:
- Xizmatlarning batafsil tavsifi;
- Har bir xizmat bo‘yicha narxlar va to‘lov shartlari;
- Loyihani amalga oshirish jadvali;
- Kafolatlar va qo‘shimcha shartlar.