42 ta oliy ta’lim tashkilotining 81 nafar axborot-resurs markazlari xodimlari malakasi oshirildi
2024-11-04 13:05:00 / Vazirlik yangiliklari
Mazkur qisqa muddatli malaka oshirish kursining dastlabki sikli aralash ta’lim usullaridan foydalangan holda joriy yil 21–26-oktyabr kunlari ishdan ajralmagan holda onlayn, 28-oktyabr – 2-noyabr kunlari ishdan ajralgan holda an’anaviy shaklda olib borildi.
Unda Respublikamizdagi 42 ta oliy ta’lim tashkilotlaridan ishtirok etgan 81 nafar Axborot-resurs markazlari xodimlari o‘qitildi.
Darslar tajribali professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari tomonidan bevosita amaliyot bilan bog‘lab olib borildi. Amaliy darslar axborot kutubxonashunoslik sohasi bo‘yicha profil kafedralari, shuningdek, zamonaviy moddiy-texnik bazasi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotlarida bazasida jumladan, Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutlarida ko‘cha mashg‘ulotlar shaklida tashkil etildi.
Kurs yakunida tinglovchilarga “Axborot-kutubxona faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.
Oliy taʼlim tashkilotlarining mavjud talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda joriy yilning 11-noyabridan mazkur kursning navbatdagi mavsumiga start beriladi.