O‘zbekistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi ishga tushiriladi
2024-10-28 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
2025-yilning 1-yanvaridan boshlab faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan mazkur platforma orqali barcha foydalanuvchilar ixtiyoriy ravishda bazaviy kurslarda bepul taʼlim olish imkoniga ega bo‘ladi. Davlat xizmatchilari esa, maxsus o‘quv kurslarida har 3 yilda bir marta majburiy malaka oshiradilar.
Virtual akademiyada:
korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari;
korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosati;
korrupsiya jinoyatlarining huquqiy oqibatlari va jamiyat rivoji uchun salbiy ta’siri hamda boshqa bilim va ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Batafsil yuqoridagi infografikada