Vazir TATU Nukus filialidagi qurilishlar bilan tanishdi. Tez orada filialda jami 700 o‘rinlik 2 ta TTJ ishga tushadi
2024-10-24 19:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Ta’kidlash lozim-ki, filialda faoliyat yuritayotgan ikkita fakultetdan birida oldindan mavjud bino qayta ta’mirlanayotgan bo‘lsa, ikkinchi fakultet qoshida yangi talabalar turar joyi qad rostlamoqda.
Talabalar turar joyi sifatida qayta ta’mirlanayotgan inshoot filialning 3-o‘quv binosi qoshida joylashgan va 4 qavatdan iborat. 8,6 mlrd so‘m mablag‘ evaziga ta’mirlanayotgan bino 300 o‘ringa mo‘ljallanmoqda.
Qad rostlayotgan ikkinchi talabalar turar joyi esa davlat-xususiy sheriklik asosida 0,3 ga maydonda bo‘y tiklamoqda. 400 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu yotoqxona qurilishi uchun 26,2 mlrd so‘m mablag‘ sarflanmoqda. Ayni paytda har ikkala obyektda ham ishlar jadal davom ettirilmoqda.
Qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishgan Q.Sharipov kerakli topshiriq va ko‘rsatmalarni ham berib o‘tdi.