Qoraqalpog‘istonda “Fermer xo‘jalik” biznes simulyatsiyasiga bag‘ishlangan treninglar tashkil etildi
2024-10-24 19:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Joriy yilning 21-26-oktabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda barqaror moliyaviy transformatsiya va qishloq taraqqiyoti” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasbiy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari uchun fermer xo‘jaligida biznesni yuritish, rivojlantirish hamda bu sohaga yoshlarni qiziqtirishga mo‘ljallangan simulyatsiya o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.
Ushbu seminar xalqaro ekspertlar Suzanne Shuster va Shtefan Bunte tomonidan olib borilib, Germaniya metodikasi asosida tashkil etilmoqda.
Mazkur “Fermer xo‘jalik” biznes simulyatsiyasiga bag‘ishlangan trenerlar uchun treningda 13 ta qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi kasbiy ta’lim muassasalarining 26 nafar maxsus fan o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Seminar iqtisodiy rivojlantirishga va hududlardagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan.
❗️Eslatma: Seminarda o‘qitilgan pedagog kadrlar tomonidan kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun amaliy seminarlar tashkil etiladi.