Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qо‘lyozma asarlar laboratoriyasi” ochildi
2024-10-02 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Ushbu laboratoriya – yurtimizda mavjud muzeylar va kutubxonalar fondlarida saqlanayotgan qadimiy va qimmatbaho qo‘lyozma asarlarini ta’mirlash, qog‘ozlarning tarkibini aniqlash va ularni tashqi omillarning zararli ta’sirlaridan saqlash maqsadida tashkil etildi.
Bu o‘z navbatida miniatyura, xattotlik va tekstil sohalarida faoliyat olib borayotganlar soha mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish va eng yangi bilimlarni o‘rgatish kabi funksional vazifalarni bajaradi.
Ushbu laboratoriya dunyoning yetakchi davlatlaridan keltirilgan zamonaviy va kamyob asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, tashkil etilishi rejalashtirilgan o‘quv kurslarida turkiyalik mutaxassislar tomonidan sohaga doir innovatsion bilimlar va tajribalar o‘rgatiladi. Bu esa, davlatlararo ilmiy-innovatsion hamkorlik ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish, moddiy madaniy meroslarimizga shikast yetkazmagan holda zamonaviy metodlar bilan restavratsiya qilish va uzoq muddatga saqlanishini ta’minlashga katta yordam beradi.