Talabalarni turar joylarga joylashtirish borasida keyingi chora-tadbirlar belgilandi
2024-08-21 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Unda vazirlik mutasaddilari, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi vakillari, Toshkent shahridagi davlat oliy ta’lim muassasalarining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari ishtirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha Hukumat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar, ularning ijrosini samarali tashkil etish hamda ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga shay holatga keltirish kabi masalalar yuzasidan mas’ullar hisoboti tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Jumladan, barcha oliygohlarning birinchi prorektorlariga tashabbusni qo‘lga olib, har bir muammosi bor talaba bilan shaxsan o‘zi shug‘ullanishi, zaruratga ko‘ra tyutor, dekan o‘rinbosarlaridan iborat “tezkor ishchi guruh” tashkil etishi lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, OTM yotoqxonalari, shakllantirilgan ijara xonadonlari haqidagi ma’lumotlarni talabalarga muntazam yetkazish, “Call-markaz”lar faoliyatini jonlantirish, tyutorlarning 2-va undan yuqori bosqich talabalar bilan tizimli ishlashini ta’minlash, talabalar turar joyiga joylashish shartnomasini shakllantirish, yotoqxonaga qabul qilinganligi haqidagi QR kodli yo‘llanmani talabalarga yuborish ishlarini jadallashtirish kabi vazifalar belgilandi.