Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi doirasida parallel sessiyalar oʻtkazildi
2026-03-05 16:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Birinchi sessiya “Sunʼiy intellekt davrida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash: innovatsion taʼlim modellari va xalqaro tajriba” hamda universitetlar oʻrtasida ilmiy tadqiqotlar, qoʻshma laboratoriyalar va akademik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlandi. Sessiya davomida oliy taʼlim tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro tajribani keng qoʻllash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ikkinchi sessiya “Tadqiqotdan tijoratlashtirishgacha: yoshlar innovatsiyasi, startaplar va texnologiyalar transferi” mavzusiga bagʻishlandi. U yoshlar innovatsiyasi, startaplar, texnologiyalar transferi hamda universitet–sanoat hamkorligini rivojlantirish masalalariga bagʻishlandi. Unda innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda talabalar startaplarini rivojlantirishning samarali mexanizmlari muhokama qilindi.
Mazkur sessiyalar Oʻzbekiston va Vengriya universitetlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashish uchun muhim maydon boʻldi.









