O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatga yangilangan milliy miqyosda belgilangan hissalarni taqdim etdi
2025-11-14 17:30:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbir har yili dunyoning yetakchi rahbarlar, olimlar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtiradi, ular iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishning ustuvor chora-tadbirlarini muhokama qilishadi. CoP30 bu yil global issiqlikning 1,5°C darajaga oshishini cheklash, yangi milliy harakatlar rejalarini taqdim etish va CoP29 da qabul qilingan moliyaviy majburiyatlarni bajarish yo‘lidagi yutuqlarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.
2023-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi o‘zining yangilangan Milliy miqyosda belgilangan hissasini (MMBH 3.0) taqdim etdi.
Ma’lumot uchun: Milliy miqyosda belgilangan hissasi (MMBH) – bu chiqindilarni kamaytirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish bo‘yicha harakatlar rejasidir. Parij kelishuviga imzo chekkan har bir mamlakat har besh yilda uni yangilashga majbur. Uchinchi MMBH mamlakatning issiqxona gazlari tashlamalari va ularning absorbsiyasini, MMBH 2da belgilangan maqsadlarga erishishdagi yutuqlarni va yangi maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadlarning hisobot va ko‘rib chiqish jarayoni Iqlim o‘zgarishlariga javob berishning kuchaytirilgan shaffoflik tizimining (ETF) asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. ETF, o‘z navbatida, Parij kelishuvi asosi hisoblanadi.
Bu yil O‘zbekiston Respublikasi o‘zining MMBHlarini yangiladi, issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirish bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichini (YAIM birligiga) 2030-yilga kelib 35% dan 2035-yilga kelib 2010-yilgi darajaga nisbatan 50% gacha oshirdi.
MMBHni yangilash, issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirish bo‘yicha aniq maqsadli ko‘rsatkichni 2035-yilga kelib 50% ga (2010-yilgi darajaga nisbatan) oshirish yashil o‘tishni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaydi va shaffof buxgalteriya hisobi qoidalari, muvofiqlashtirilgan sektor rejalar va loyiha portfelini rejalashtirish orqali global hamjamiyat bilan yaqinroq aloqani ta’minlaydi.
Tadbirda, ayniqsa, yangi MMBH-3.0 hisobot O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining faol ishtirokida yaratilgan va bu hisobot bolalarning huquqlarini hisobga olish hamda yoshlarning iqlim siyosatidagi ahamiyatiga nisbatan muhim rolini aks ettiradi.






