Asosiy kontentga o'tish

Yaponiya "KYUSHU" universitetining magistrlik dasturi uchun GRANT

2025-03-20 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

"O'zbekkosmos"agentligi Kyushu texnologiya instituti (Yaponiya) bilan hamkorlikda yosh mutaxassislarga ilg'or kosmik texnologiyalar bo'yicha magistraturada o'qish imkoniyatini beradi.

Talablar: 

– 35 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston Respubllikasi fuqarolari

– Bakalavr diplomi (Aniq fanlar va texnik yo'nalishlar)

– IELTS 6.5+

– 800 so'zdan oshmagan motivatsion xat

– Maxsus anketani to'ldirish

Tanlov bosqichlari:

– www.training.cmspace.uz havolasi orqali anketani yuklab oling va to'ldiring

– Veb-sahifada joylashtirilgan "Ariza qoldirish" tugmasi orqali shaxsiy ma'lumotlaringizni kiriting

– "Kategoriya tanlang" bo'limidan "Kyushu Institute of Technology" ni tanlang

– Yuqorida keltirilgan hujjatlarni RAR (ZIP) formatida biriktiring 

Qo'shimcha ma'lumot uchun: www.training.cmspace.uz

 

430

Oxirgi yangilanish: 2025-03-20 06:30:27

Yaponiya "KYUSHU" universitetining magistrlik dasturi uchun GRANT