Saudiya Arabistonining Kommunikatsiyalar va informatsion texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi
2024-12-19 12:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, xususan telekommunikatsiya va ma’lumotlar almashinuvi markazlari bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, o‘quv dasturlari va malaka oshirish tashabbuslari orqali IT kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar IT autsorsingni kengaytirish hamda O‘zbekistonning raqamli salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Bundan tashqari, arab kompaniyalari uchun O‘zbekistonda mintaqaviy ofislarini tashkil etish, startap ekotizimini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar berildi.
O‘z navbatida, Saudiya Arabistonining raqamli transformatsiya bo‘yicha tajribalarini O‘zbekistonda tatbiq etish, IT sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish va raqamli autsorsing sektoridagi imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki vazirlik o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi. Bu kelishuv O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi IT sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga umid bildirildi.