O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
2024-11-21 18:45:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlar ma’qullandi.
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq:
Achilbay Jumaniyazovich Ramatov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari;
Djamshid Anvarovich Kuchkarov – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri;
Jamshid Abduxakimovich Xodjayev – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari;
Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova – O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
Laziz Shavkatovich Kudratov – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
Botir Erkinovich Zaxidov – O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri;
Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov – O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri;
Shavkat Raximovich Xamrayev – O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri;
Sherzod Saidjanovich Xidoyatov – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri;
Ilxam Rustamovich Maxkamov – O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri;
Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov – O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri;
Bobir Farxadovich Islamov – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri;
Sherzod Xotamovich Shermatov – O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri;
Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov – O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;
Asilbek Anvarovich Xudayarov – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri;
Xilola Uktamovna Umarova – O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;
Kongratbay Avezimbetovich Sharipov – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
Adxam Ilxamovich Ikramov – O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri;
Ozodbek Axmadovich Nazarbekov – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri;
Akbar Djurabayevich Tashkulov – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri;
Baxtiyor Odilovich Saidov – O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri;
Abdulla Xamidullayevich Kuldashev – O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri;
Po‘lat Razzaqovich Bobojonov – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri;
Baxodir Nizamovich Kurbanov – O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari etib tayinlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. Mirziyoyev