audio

    12+
    Xalqaro ma’lumotlar markazlari tashkiloti raisi bilan sun’iy intellektga asoslangan ma’lumotlar markazlarini tashkil etish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi

    Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro ma’lumotlar markazlari tashkiloti raisi Mehdi Paryavi bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda O‘zbekistonda barqaror va sun’iy intellektga asoslangan ma’lumotlar markazlarini tashkil etish hamda O‘zbekistonni IT markazga aylantirish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

    Xususan, Xalqaro ma’lumotlar markazlari tashkiloti raisi raqamli infratuzilmani rivojlantirishda ma’lumotlar markazlari o‘rni va huquqiy asoslarni yaratish muhimligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. 

    Shuningdek, mazkur yo‘nalishda AQSH, Yevropa mamlakatlari, Malayziya va Filippin davlatlari tajribasi bo‘yicha fikrlar almashildi.

    Uchrashuv so‘ngida tomonlar O‘zbekistonda raqamli infrastruktura milliy standardlarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib olishdi.

    • view_icon 132